Ko'p beriladigan savollar
Vitiligo yuqadimi?
Yo'q. Vitiligo yuqumli emas: qo'l berib ko'rishish, birga ovqatlanish, bir idishdan foydalanish orqali o'tmaydi. U immun tizim teriga rang beradigan hujayralarga xato hujum qilishi bilan bog'liq.
Vitiligo gijjadan bo'ladimi?
Yo'q. Gijja vitiligoga sabab bo'lmaydi va gijja dori dog'ni ketkazmaydi. Bemorlarimizning har uchinchisi avval noto'g'ri tashxis olgan, shuning uchun birinchi qadam — dermatolog ko'rigi.
Vitiligo butunlay davolanadimi?
Ko'p bemorlarda dog' tarqalishi to'xtaydi va pigment qisman yoki to'liq tiklanadi. Natija dog'ning joyi va qancha vaqtdan beri borligiga bog'liq: yuzdagi va yangi dog'lar odatda yaxshiroq javob beradi. Aniq prognozni shifokor ko'rikdan keyin aytadi.
Bir kurs necha kun davom etadi?
Odatda bir kurs taxminan 7 kun. Kurslar orasida odatda bir oy tanaffus bo'ladi. Nechta kurs kerakligini shifokor tekshiruvdan keyin aytadi.