Bemorlarimizning qariyb beshdan biri — bolalar. Ota-onalarning eng ko'p xatosi — kutib turish yoki «gijja» deb davolash. Bu vaqtda dog' kattalashib ketishi mumkin.
Qachon shifokorga borish kerak
- dog' 2–3 haftada o'tib ketmasa
- dog' kattalashsa yoki yangilari paydo bo'lsa
- dog' aniq chegarali, sutdek oq bo'lsa
- oilada vitiligo bo'lsa
Bolalarda tekshiruv
Dermatolog ko'rigi va Wood lampasi og'riqsiz. Kerak bo'lsa qalqonsimon bez tahlillari. Bolaga mos davo rejasi yozma beriladi.
Ota-onalar yo'l qo'yadigan xatolar
- o'zboshimchalik bilan malham va xalq usullarini qo'llash
- gijja dori bilan davolash
- dog' yuzda bo'lmasa — «keyin ko'ramiz» deb kutish
- kursni yarim yo'lda tashlab qo'yish