Vitiligo uchun parhez bormi?
Shifokor tekshirdi: dermatovenerolog Ilyos Kamolov · yangilandi: noyabr 2026
Vitiligoni davolaydigan yoki keltirib chiqaradigan ilmiy isbotlangan maxsus parhez yo'q. Internetdagi «sitrus, pomidor mumkin emas» kabi qat'iy taqiqlar tasdiqlanmagan.
Muvozanatli ovqatlanish, yetarli vitamin va mikroelementlar, qalqonsimon bez muammosi bo'lsa — endokrinolog tavsiyasiga amal qilish foydali. Ovqatlanish bo'yicha savollarni shifokoringiz bilan kelishing.